
Bugun, 19 mart kuni UYEFAning Nondagi qarorgohida Chempionlar ligasi 1/4 va 1/2 final bosqichlariga qur’a tashlandi.
Qur’a natijasiga ko‘ra, YECHL 1/4 finalida:
1. Manchester Siti – Borussiya D
2. Portu – Chelsi
3. Bavariya – PSJ
4. Real – Liverpul bahs olib boradigan bo‘ldi.
Qur’ada qaysi juftliklarning yarimfinalda o‘zaro duch kelishi ham aniqlandi. Unga ko‘ra:
- Portu – Chelsi g‘olibi Real – Liverpul g‘olibi bilan,
- Manchester Siti – Borussiya D g‘olibi esa Bavariya – PSJ g‘olibi bilan bahslashadi.
Chorakfinalning dastlabki bahslari 6-7 aprel, javob uchrashuvlari esa 13-14 aprel kunlari o‘tkaziladi. Yarimfinal o‘yinlari esa 27-28 aprel va 4-5 may kunlariga belgilangan.
Final 29 may kuni Istambuldagi «Otaturk» o‘yingohida o‘tkaziladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar