Foto: Twitter
Professional boksning super yengil vazn toifasida (-63,5 kg) ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov (10-0, 8 KO) 3 aprel kuni Toshkentdagi Humo Arena’da tashkil etiladigan boks kechasida ringga ko‘tariladi.
Rio—2016 Olimpiadasi sovrindoriga meksikalik bokschi Patrisio Lopes Moreno (28-4, 20 KO) raqib bo‘ladi, deya xabar qilmoqda o‘zbekistonlik insayder Jalol Ahmedov. Unda G‘iyosov WBA International kamarini himoya qiladi.
Avvalroq G‘iyosovga 3 aprel kungi jangda Isa Chaniyev (14-3, 6 KO) raqib bo‘lishi aytilgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, rossiyalik sportchi Toshkentga kelishni xohlamagan.
Mazkur boks kechasining asosiy jangida Murodjon Ahmadaliyev (8-0, 6 KO) Ryosuke Ivasaga (27-3, 17 KO) qarshi bellashuvda WBA va IBF kamarlarini himoya qiladi.
Shuningdek, mazkur boks oqshomida Isroil Madrimov, Bahodir Jalolov, Elnur Abduraimov, Sanjar Tursunov kabi o‘zbekistonlik bokschilar jang qilishi kutilmoqda. Shu kechada Iqboljon Xoldorov va Mirazizbek Mirzaxalilov prof boksdagi debyutini o‘tkazadi.
G‘iyosov so‘nggi jangini 2020 yilning avgustida Uiston Kamposga qarshi o‘tkazgan va uni uchinchi raunddayoq nokautga uchratgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot