09:23 / 25.03.2021
2 077

Andijondan piyoda yo‘lga chiqqan yurtdoshlarimiz 1 800 km.dan oshiq yo‘l bosib Mo‘ynoqqa yetib borishdi

Andijondan piyoda yo‘lga chiqqan yurtdoshlarimiz 1 800 km.dan oshiq yo‘l bosib Mo‘ynoqqa yetib borishdi
Sirdaryolik ikki yurtdoshimiz To‘lqin Usmonov va Eldor Jo‘rayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktabrdagi «Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonini keng targ‘ib etish maqsadida mamlakatimiz bo‘ylab piyoda yurib chiqishga ahd qilishgani haqida xabar bergandik.

Fevral oyining 15-sanasida Andijon shahridan yo‘lga chiqishgan sayxunobodlik To‘lqin Usmonov va Eldor Jo‘rayevlar Andijon, Farg‘ona, Namangan, Toshkent viloyati, Toshkent shahri, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Xorazm viloyatlari va nihoyat so‘nggi manzil Qoraqalpog‘iston Respublikasini ham piyoda bosib o‘tishdi.

Ular roppa-rosa 40 kun davomida 1 812 km yo‘l bosib bugun kunning ikkinchi yarmida Mo‘ynoq shahriga yetib borishdi. Ularni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri G‘ayrat Bayniyazov boshchiligidagi qoraqalpog‘istonlik sportchilar va mahalliy aholi shodu xurramlik bilan kutib olishdi.

Murakkab ob-havo sharoitlariga qaramasdan o‘z maqsadi yo‘lidan og‘ishmay, Mo‘ynoqqacha piyoda borishga jahd qilgan yurtdoshlarimizga qoraqalpoq milliy to‘nlari kiydirildi.

Shu yerda tashkil etilgan tantanali marosimda so‘zga chiqqanlar butun mamlakatimiz bo‘ylab sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilgan bu ikki yurtdoshimiz sha’niga iliq fikrlarni bildirishdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andijondan piyoda yo‘lga chiqqan yurtdoshlarimiz 1 800 km.dan oshiq yo‘l bosib Mo‘ynoqqa yetib borishdi