18:36 / 30.03.2021
2 191

«Antalya Cup—2021». O‘zbekiston U-22 terma jamoasi Qozog‘istonni mag‘lub etdi

«Antalya Cup—2021». O‘zbekiston U-22 terma jamoasi Qozog‘istonni mag‘lub etdi
Foto: O‘FA
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-22 terma jamoasi Turkiya bo‘lib o‘tayotgan xalqaro musobaqaning 3-turi doirasida 29 mart, dushanba kuni Qozog‘istonga qarshi bahs olib bordi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida Shohruh Abdurahmonov o‘zbekistonliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Kamron Saidazimov yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Ravshan Haydarov qo‘l ostidagi Slovakiyaga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyat (0:2) va Ukraina bilan bo‘lgan durangdan (1:1) keyin musobaqadagi dastlabki g‘alabani qo‘lga kiritdi.

«Antalya Cup—2021»
3-tur bahsi

O‘zbekiston U-22 — Qozog‘iston U-22 2:0
Gollar:
1:0 – 52 Abdurahmonov, 2:0 – 90+2 Saidazimov.

O‘zbekiston U-22: Umidjon Ergashev, Husniddin Aliqulov, Suhrob Izzatov, Shohmalik Komilov, Mahmudjon Qudratullayev, Rasul Yo‘ldoshev, Bek Abdullayev, Asadbek Sobirjonov, Abdug‘ani Kamolov, Shahzod Azmiddinov, Doniyor Abdumannopov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Jasur Jaloliddinov, Shohruh Abdurahmonov, Akmal Mozgovoy, Komron Saidazimov, Dilshod Komilov, Ibrohim Yo‘ldoshev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Antalya Cup—2021». O‘zbekiston U-22 terma jamoasi Qozog‘istonni mag‘lub etdi