22:35 / 01.04.2021
3 541

Nohaq penalti belgilagan hakam qamoqqa hukm qilindi (video)

Nohaq penalti belgilagan hakam qamoqqa hukm qilindi (video)
Sud serbiyalik futbol hakami Srjan Obradovichni o‘z lavozimidan foydalanganlik va o‘yin natijalariga bevosita ta’sir ko‘rsatganlikda aybdor deb topdi. Ushbu qarorga hakamning 2018 yil bahorda belgilagan nohaq penalti sabab bo‘ldi.

Sud Obradovichni 15 oylik qamoq jazosiga hukm qildi va futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan 10 yilga chetlashtirildi.

Bularning barchasi "Spartak" Subotica va "Radnichki" klublari uchrashuvida sodir bo‘ldi. O‘sha o‘yin mezbonlarning 3: 0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi va natijada bu jamoa Yevropa ligasi yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. Uchrashuvda 1: 0 hisobi qayd etilayotgan bir paytda hakam “Radnichki” futbolchisi to‘pni qo‘li bilan o‘ynaganligi uchun penalti belgiladi. Biroq, takroriy lavhalardan so‘ng hech qanday o‘yin qoidasi buzilmagani va hatto bunga yaqin keladigan vaziyat ham sodir bo‘lmagani ma’lum bo‘ldi.

2018 yilning may oyida Obradovich korrupsiyada ayblanib 30 kunlik qamoqqa olingan edi. Shundan so‘ng tergov ishlari boshlab yuborildi va yaqinda ushbu ish yuzasidan sobiq hakamga sud hukmi o‘qildi.

Quyida ushbu vaziyatga o‘zingiz baho berishingiz mumkin:

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nohaq penalti belgilagan hakam qamoqqa hukm qilindi (video)