22:30 / 06.04.2021
2 158

Mirjalol Qosimov: Men jamoamga ishonaman va ertaga biz nafaqat AGMK sha’ni, balki o‘zbek futboli mavqei uchun ham kurashamiz

Mirjalol Qosimov: Men jamoamga ishonaman va ertaga biz nafaqat AGMK sha’ni, balki o‘zbek futboli mavqei uchun ham kurashamiz
OCHL pley-off doirasidagi "Al Garafa" - AGMK uchrashuvi oldidan matbuot anjumani tashkil etildi va unda AGMK ustozi Mirjalol Qosimov ishtirok etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.

"Avvalambor anjumanga yig‘ilgan ishtirokchilarga Assalomu alaykum! Arabcha tushunmasam ham, boshlovchi tomonidan bildirilgan iliq so‘zlar uchun minnatdorchilik bildiraman.

AGMK jamoasining maqsadi xalqaro musobaqalarda ishtirok etish. Klub infratuzilmasi ham oxirgi yillarda aynan shu maqsadga erishish uchun yo‘naltirilgan. Qolaversa O‘zbekistonda futbolni juda ham qattiq yaxshi ko‘rishadi va mamlakatimizda futbol ishqibozlari juda ham ko‘p. AGMK Olmaliq shahridagi jamoamizning ashaddiy muxlislari uchun ham borini berib harakat qiladi. Shuningdek, xalqaro maydondagi ishtirok payti O‘zbekistondagi barcha ishqibozlar ham bizga befarq bo‘lishmaydi, deb o‘ylayman.

Klub rahbariyati AGMK jamoasi katta maqsadlar sari intilishi uchun barcha sharoitlarni yaratib bergan. Shu boisdan ham jamoamiz ishonchni oqlashga harakat qiladi.

Allohga behisob shukur, Qatarga yaxshi niyatlar bilan kelganmiz. "Al Garafa" yaxshi jamoa. Raqibni o‘rganib chiqdik. Garchi "Al Garafa" ichki chempionatida yaxshi ishtirok etolmayotgan bo‘lsada jiddiy raqib. Kuchli mutaxassis qo‘l ostida yuqori malakali futbolchilar yig‘ilgan. Qolaversa legionerlari, xususan Ku Ja Chol, Gedeyra, Xanni va Moreno kabi individual kuchli ijrochilar mavjud.

Raqibning o‘yinlari tasvirini ko‘rib chiqdik. Biz avvalambor o‘z o‘yinimizdan kelib chiqib harakatlanamiz. Bu guruh bosqichi emas, balki bir o‘yindan iborat bahs. Qiyin tarafi shu. Bu nafaqat biz uchun, balki "Al Garafa" uchun ham kichik muammo. Bu futbol. Nima bo‘lishini ertaga ko‘ramiz.

Eng muhimi, o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Futbolchilarimiz o‘yinning qiymati naqadar yuqori ekanligini yaxshi his etib turishibdi. Biz nafaqat jamoamiz sha’ni, balki o‘zbek klublarining xalqaro maydondagi avvalgi mavqeini qaytarish uchun ham kurashamiz. Chunki oxirgi yillarda OFKda reytingimiz tushib ketgan. Avvallari 3ta o‘zbek klubi guruh bosqichidan ishtirok etardi. Hozir esa bu ko‘rsatkich 1+1ga aylangan.

Hali ta’kidlaganimdek, ertangi bahs bir uchrashuvdan iborat. Shu boisdan ham bo‘lajak bellashuvda imkon qadar kamroq xato qilib, yuzaga keladigan vaziyatlardan maksimal foydalanishimiz zarur", - dedi Qosimov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: Men jamoamga ishonaman va ertaga biz nafaqat AGMK sha’ni, balki o‘zbek futboli mavqei uchun ham kurashamiz