Superliga 5-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Navoiyda bo‘lib o‘tgan bahsda "Nasaf" 1:2 hisobida "Qizilqum"dan ustun keldi.
O‘yinning 2-daqiqasida Marko Stanoyevich jarima zarbasidan gol urib hisobni ochgan bo‘lsa, 15-daqiqada Oybek Qilichev belgilangan penaltidan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi. 81-daqiqada Stanoyevich o‘ta kuchli zarbasi bilan Nesterovni ojiz qoldirdi va jamoasiga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi. Shu hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng "Nasaf" o‘z ochkolari sonini 8 taga yetkazib olgan holda 4-o‘rindagi "Bunyodkor"ga yetib oldi, "Qizilqum" esa 6 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.
"Qizilqum" – "Nasaf" - 1:2
Gol: Marko Stanoyevich 2, - 0:1. Oybek Qilichev 15 penalti, - 1:1. Marko Stanoyevich 82, - 1:2 (Suhrob Nurulloyev).
"Qizilqum": 1. Ignatiy Nesterov, 6. Erkin Baydullayev, 7. Oybek Qilichev (10.Mate Vatsadze, 74), 8. Giorgi Kuhianidze (18.Jasur Azimov, 42), 17. Salim Mustafoyev, 19. Jamshid Hasanov, 20. Islom To‘xtaxo‘jayev, 23. Sherali Jo‘rayev, 30. Elguja Grigalashvili, 62. Jahongir Ergashev (4.Mirjalol Qosimov, 60), 75. Oleg Tolmasov.
Zaxira: 22.Artyom Makosin, 14.Fayzulla Qambarov, 15.Husan Rasulov, 25.Azizbek Usmonov.
"Nasaf": 1. Umidjon Ergashev, 4. Husniddin Aliqulov, 5. G‘olib G‘aybullayev (70.Abubakr Rizo Turdialiyev, 78), 6. Murod Xo‘jamberdiyev (20.Suhrob Nurulloyev, 78), 14. Shokir Yo‘ldoshev, 15. Jo‘rabek Mannonov (8.Dilshod Saitov, 59), 19. Husain Norchayev, 22. Akmal Mozgovoy, 34. Sherzod Nasrullayev, 88. Marko Stanoyevich, 92. Umar Eshmurodov.
Zaxira: 13.Azamat Soyibov, 25.Muhriddin Zoirov, 28.Sardor Sadullayev, 50.Shohmalik Komilov.
Ogohlantirishlar: G‘olib G‘aybullayev 14, Akmal Mozgovoy 41, Shokir Yo‘ldoshev 45+1. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
«Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi
Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi"
Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi
Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi
AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin...
Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film