13:08 / 12.04.2021
2 938

Tayson Fyuri—Entoni Joshua jangi O‘zbekistonda o‘tkazilishi mumkinmi? Boks federatsiyasi izoh berdi

Tayson Fyuri—Entoni Joshua jangi O‘zbekistonda o‘tkazilishi mumkinmi? Boks federatsiyasi izoh berdi
Foto: The Sun
Super og‘ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyuri (30-0, 21 KO) WBA, WBO, IBF va IBO kamarlari sohibi Entoni Joshuaga (24-1, 22 KO) qarshi jangi qaysi mamlakatlarda o‘tishi mumkinligi haqida so‘z yuritdi.

- "Bir nechta katta yangiliklar bor. Bizda bu jangni o‘tkazish joyi borasida uch yoki to‘rtta katta taklif mavjud. Saudiya Arabistonidan, Qatar, O‘zbekiston, Rossiya, Amerika va Angliyadan bo‘lgan lo‘li birodarlarim tomonidan qiziqish bor. Ularni o‘rganib chiqmoqchiman va umid qilamanki, biz katta jang tashkil qilamiz, chunki men bu yalangoyoqni bejab qo‘ymoqchiman", - dedi Tayson Fyuri.

«Daryo» mazkur masala yuzasidan O‘zbekiston boks federatsiyasida izoh so‘radi.

«Yaxshi bilasiz, 3 aprel kuni Toshkent shahrida boks oqshomi yuqori saviyada tashkil etildi. Ushbu shou «Matchroom Boxing» promouterlik kompaniyasi, DAZN platformasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Jang kechasining tashkiliy jarayonlarini yuqoridagi ikki kompaniya rahbariyati bevosita ko‘rdi. Bu orqali ular O‘zbekiston shunday musobaqalarni o‘tkazish uchun yetarli salohiyatga ega ekanligiga guvoh bo‘ldi.

Shu sababli ham, O‘zbekiston jahon boks olamida mana shunday yirik boks oqshomi o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan nomzod mamlakatlar qatoriga kirgan bo‘lishi mumkin. Tayson Fyuri ham shu sababli O‘zbekistonni ehtimoliy mezbon sifatida qayd etgan
», — deyiladi federatsiya izohida.

Avvalroq jangni 2021 yilning iyun oyida o‘tkazish reja qilinayotgani va ikkala bokschi 100 million dollardan gonorarga ega bo‘lishi aytilgandi.

Qayd etish kerak, Fyuri o‘zini «lo‘lilar qiroli» deb ataydi. Fyuri Angliyada tug‘ilgan va irlandiyalik sayohatchilar (Irish Travellers) nomi bilan yuritiladigan qavm vakili hisoblanadi. Ayrim olimlar fikriga ko‘ra ushbu qavm lo‘lilarga borib taqaladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tayson Fyuri—Entoni Joshua jangi O‘zbekistonda o‘tkazilishi mumkinmi? Boks federatsiyasi izoh berdi