17:57 / 18.04.2021
2 639

"Eyr Fors" murabbiyi "Paxtakor" bilan kechgan o‘yin haqida nimalar dedi?


Osiyo Chempionlar Ligasining guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan "Eyr Fors" - "Paxtakor" uchrashuvi 0:0 hisobidagi nursiz durang bilan yakunlanganidan xabardorsiz. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida iroqliklar bosh murabbiyi Ayub Odisho quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
"Birinchi taymda ular to‘liq ustunlik namoyish etganini tan olishimiz zarur. Ikkinchi bo‘limda esa, biz o‘z o‘yinimizni topib oldik va yaxshi harakatlarni amalga oshirdik.

O‘z o‘yinimizni a’lo darajada ko‘rsatish va raqibning zaif tomonlaridan foydalanishni maqsad qilgandik. Ammo vaziyatlarimizdan unumli foydalana olmadik. Hujum uchligimiz kutilganidek samarali harakat qila olmadi. Umuman olganda, adolatli natija qayd etildi, deb o‘ylayman.

To‘p bilan bo‘lganimizda yarim himoyamiz yaxshi harakat qildi, lekin pressingda muammolarimiz bor. Futbolchilar bu kabi musobaqalarda bo‘ladigan bosimdan to‘g‘ri chiqib ketishlari zarur. Bu gaplar ayniqsa hujumchilarimizga tegishli. Biz raqib jarima maydoni atrofidagi harakatlarimizni rivojlantirishimiz kerak", - dedi Odisho.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Eyr Fors" murabbiyi "Paxtakor" bilan kechgan o‘yin haqida nimalar dedi?