21:11 / 20.04.2021
3 011

"Shabab Al Ahli" ustozi: "Masharipov AGMK bilan o‘yinga to‘liq tayyor"


Osiyo chempionlar ligasi "A" guruhi 3-tur doirasidagi AGMK - "Shabab Al Ahli" o‘rtasidagi uchrashuvdan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida dubayliklar ustozi Mahdi Ali Hasan ishtirok etdi.

"O‘yin biz uchun juda muhim. Ayniqsa "Hilol"dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin imkoniyatlarimizni yaxshilab olishimiz zarur. AGMK bilan bo‘ladigan bahs muhim ahamiyat kasb etadi. Har ikki kunda o‘yin o‘tkazish qiyin kechmoqda. Lekin men tarkibdagi barcha futbolchilarimga to‘liq ishonaman. Olmaliqliklar bilan bo‘ladigan ikkita bahs hal qiluvchi bo‘ladi. Biz keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarini saqlab qolish va uni yaxshilash uchun harakat qilamiz. Ehtiyotkorlik va dadillikni saqlab qolishimiz kerak bo‘ladi.

O‘tgan o‘yinda mag‘lubiyat jismoniy taraflama yuzaga kelgan inqiroz tufayli bo‘ldi. "Hilol" bilan maydon markazida ko‘p to‘p yo‘qotdik. Ertaga Masharipov qaytadi va u AGMK bilan o‘yinga har taraflama tayyor. Xoh jismonan, xoh ruhan Jalol AGMKga qarshi jangga tayyor. Ertaga Xudo xohlasa hammasi yaxshi bo‘lishiga umid qilaman. O‘yin sifati ham oshadi", deydi 56 yoshli mutaxassis.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Shabab Al Ahli" ustozi: "Masharipov AGMK bilan o‘yinga to‘liq tayyor"