00:29 / 25.04.2021
2 759

Shahobiddin Zoirov va yana 3 nafar o‘zbekistonlik bokschi Gubernator Kubogi—2021 g‘olibiga aylandi


Rossiyaning Sankt-Peterburg shtatida boks bo‘yicha Gubernator Kubogi—2021 musobaqasi final bahslari 24 aprel kuni o‘tkazildi.
Final bahslarida jami besh nafar o‘zbekistonlik bokschi qatnashmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ishtirokidagi ushbu janglarning barchasi yakunlandi.

Nodirjon Mirzaahmedov (-49 kg) mezbonlar vakili Igor Saregorodsevga qarshi ringga ko‘tarildi. Jang o‘zbekistonlik bokschining ustunligida o‘tdi va yosh iqtidor egasi oltin medalga ega chiqdi.

Shahobiddin Zoirov (-52 kg) qozog‘istonlik Mahmut Sabirxanga qarshi jang qilib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Abdumalik Halokov (-60 kg) rossiyalik Albert Batirgaziyevga qarshi jang qildi va mag‘lubiyatga uchrab, kumush medal bilan cheklandi.

Mirazizbek Mirzaxalilov (-57 kg) ham Rossiya vakiliga to‘qnash keldi. Dmitriy Spivak bilan bo‘lgan jangda Mirzaxalilov raqibiga imkon qoldirmadi.

Bahodir Jalolov (+91 kg) ham rossiyalik Ivan Veryasovga qarshi jang qildi. Mazkur jang ikkinchi raundda o‘z nihoyasiga yetdi. Hamyurtimizning kuchli zarbalari oxir-oqibat raqibning qulashiga sabab bo‘ldi. Shu tariqa Bahodir mazkur turnir chempioniga aylandi. 

Shu tariqa 4 nafar o‘zbekistonlik bokschi ushbu xalqaro musobaqa g‘olibiga aylandi.

Ma’lumot uchun, oltin medal egalari 450 ming rubl (63 mln so‘m) miqdoridagi pul mukofotiga ega bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin egalari 250 ming (35 mln so‘m), bronza medali sohiblari esa 150 ming rubl (21 mln so‘m) bilan taqdirlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shahobiddin Zoirov va yana 3 nafar o‘zbekistonlik bokschi Gubernator Kubogi—2021 g‘olibiga aylandi