2 983
Mirjalol Qosimov: «Al Hilol" kuchli jamoa, lekin hech kim mag‘lubiyatlardan sug‘urtalanmagan»
Foto: OKMK
Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 5-turi doirasida bo‘lib o‘tadigan OKMK — «Al-Hilol» bellashuvidan avval matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda Olmaliq klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov va hujumchi Zafar Polvonov ishtirok etdi.
- Avvalambor, assalomu alaykum. Ertangi o‘yin juda ham muhim. Qolaversa guruhdagi to‘rtta jamoada ham imkoniyat bor. Barcha jamoada birinchi o‘ringa chiqib olish uchun imkoniyat mavjud. Tanganing ikkinchi tarafi, ertangi bahsda ochko yo‘qotilishi musobaqadagi imkoniyatlarni yo‘qqa chiqaradi. Biz oxirigacha harakat qilib, imkoniyatdan foydalanishga intilamiz. «Al-Hilol» bilan uchrashuvda natija uchun kurashamiz.
— "Al Hilol" bilan dastlabki o‘yinda durang qayd etgansizlar. Raqib haqida ma’lumotlar yetarli. Bu jamoangizga ertangi bahs oldidan ustunlik berishi mumkinki? Shuningdek, jamoa 12 kun ichida beshinchi o‘yinda maydonga tushadi. Jismoniy toliqish qanchalik seziladi?
— "Al Hilol" juda ham kuchli jamoa. Lekin oxirgi turda ular "Istiqlol"ga yutqazishdi. Umuman futbolda mag‘lub bo‘lmaydigan jamoa yo‘q. "Al Hilol"ni o‘rganib chiqdik, tarkibdagi barcha futbolchilar safda. Ertaga albatta yaxshi natija uchun o‘ynab, muxlislarni xursand etishga harakat qilamiz. Futbol shunaqa narsaki, unda kimdir xato qiladi va boshqa foydalanib ketadi. Oddiy bir kichik elementar xato o‘yin taqdirini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Imkon qadar kamroq xato qilib, imkoniyatdan maksimal foydalanish lozim. O‘ylaymanki, ertaga juda ham qiziqarli o‘yin bo‘ladi. To‘g‘ri, ketma-ket beshinchi o‘yin. Balki jismoniy toliqish sezilishi mumkin. Jamoada rotatsiyalar ham qilinadi.
— Matbuotda "Al Hilol" haqida tanqidlar juda ko‘p uchramoqda. Lekin shunga qaramay "Al Hilol" baribir juda kuchli jamoa. Mazkur jarayonlar haqida nima deya olasiz?
— "Al Hilol" Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi. Futbolda hech kim mag‘lubiyatlardan sug‘urtalanmagan. "Istiqlol" "Al Hilol" bilan o‘yinda juda ham yaxshi himoyalandi va qarshi hujumda o‘ynab, vaziyatlardan foydalandi. "Istiqlol"ga tasanno. Mazkur o‘yinni ko‘rib chiqdik. Avval ta’kidlaganimdek, "Istiqlol" himoyasini yorib o‘tish juda mushkul. "Al Hilol" ham bunga qiynaldi va e’tiborni hujumga qaratgan holda himoyani esdan chiqarib, qarshi hujumlarni o‘tkazib yubordi. Futbolda bunday holatlar uchrab turadi. Shunisi bilan ham qiziq futbol.
— "Istiqlol" yaxshi himoyalanganini ta’kidlab o‘tdingiz. "Al Hilol"ga qarshi o‘yinda ertaga jamoangiz ham shunday himoyaviy uslubdan foydalanadimi?
— "Al Hilol" bilan ochiq futbol o‘ynab bo‘lmaydi. Chunki raqib juda kuchli jamoa va yuqori darajadagi ijrochi futbolchilarga ega.
Zafar Polvonov: "Hammaga Assalomu alaykum. Ertangi bahsda faqat va faqat g‘alaba bizni qanoatlantiradi. Ortga yo‘l yo‘q. Insha Alloh g‘alaba uchun maydonga chiqamiz".
Jamoalarning birinchi davra doirasida o‘tkazilgan o‘yinida 2:2 hisobidagi durang qayd etilgandi. Eslatib o‘tamiz, OKMK — «Al-Hilol» uchrashuvi 26 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"