04:34 / 28.04.2021
2 039

AGMK ortidan Masharipov jamoasi ham guruhda qolib ketdi


Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 5-turidan o‘rin olgan "Shabab Al-Ahli" - "Istiqlol" uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. Unda Tojikiston klubi 1:0 hisobida g‘alabaga erishdi.

O‘yinda kiritilgan yagona golni dushanbeliklar futbolchisi Alisher Jalilov hakam tomonidan uchrashuv asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarda raqib darvozasiga kiritdi.

G‘alabaga erishgan qo‘shnilarimiz ochkolari sonini 10 taga yetkazib, guruhda peshqadamlik qilishda davom etmoqda. Dubayliklar esa 4 ochko bilan keyingi bosqich umidini butkul yo‘qotdi. Jaloliddin Masharipov o‘yinda to‘liq harakat qildi.

"Shabab Al-Ahli" - "Istiqlol" 0:1
Gol:
Alisher Jalilov (90+6).
"Shabab Al-Ahli": Majid Nossir, Volid Abbos, Abdulaziz Hussayn (Igor Jezus, 64), Hamdan al-Kamoliy, Salmin Hamis (Muhammad Marzuq, 26), Karlos Eduardo, Majid Hassan, Abdulloh al-Naqbi (Abdulaziz Sanqur, 46), Jaloliddin Masharipov, Harid Abdalla (Muhammad Juma, 87), Ahmad al-Hashmi.
"Istiqlol": Rustam Yatimov, Axtam Nazarov, Andrey Mishchenko, Aleksey Larin, Manucher Safarov, Nuriddin Davronov, Manuchexr Jalilov, Alisher Jalilov, Zoir Jo‘raboyev (Vahdat Hanonov, 90+1), Shahrom Sulaymonov (Muhammadjon Rahimov, 90+1), Rustam Zoirov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » AGMK ortidan Masharipov jamoasi ham guruhda qolib ketdi