20:48 / 28.04.2021
3 612

"Paxtakor" bosh murabbiyi jamoasining OCHL joriy mavsumidagi so‘nggi o‘yini oldidan nimalar dedi?


Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 6-turida "Paxtakor" "Eyr Fors"ga qarshi bahs olib boradi. O‘yin oldidan "sherlar" bosh murabbiyi Piter Xyuistra matbuot anjumanida ishtirok etdi: 

"Bizni guruhdagi oxirgi o‘yin kutmoqda. Jamoa sha’ni uchun maydonga tushib, g‘alaba qozonishimiz kerak. Afsuski, keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini yo‘qotib bo‘ldik. Ertaga maydonga kamroq tushayotgan futbolchilar va yoshlarga imkoniyat beramiz.

Tarkibimizda iqtidorli yoshlar borligini ko‘pchilik ko‘rdi. Ular tez orada yuqori darajaga ko‘tarilish imkoniga ega. Umid qilamanki, ushbu futbolchilar bilan keyingi yil ancha kuchliroq holda musobaqaga qaytamiz", - dedi Xyuistra.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor" bosh murabbiyi jamoasining OCHL joriy mavsumidagi so‘nggi o‘yini oldidan nimalar dedi?