
Kiyevning "Dinamo" klubi bosh murabbiyi Mircha Luchesku PSJning braziliyalik hujumchisi Neymarni dunyoning ayni paytdagi eng yaxshi futbolchisi deb bilishini aytdi.

"Eng kuchli futbolchi Ronaldu yoki Messi emas. Hozir eng kuchlisi – bu Neymar. U sog‘lom va yaxshi formada bo‘lsa, Mbappedan ham kuchliroq. Neymar Ronaldoga o‘xshaydi. U faqat futbol haqida o‘ylasa, eng zo‘ri sanaladi", – dedi Luchesku.
29 yoshli Neymar ushbu mavsumda PSJ tarkibida barcha turnirlarda 24 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol urdi va 9 ta golli pas berdi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilning yozigacha amal qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar