10:15 / 29.04.2021
1 733

Gvardiola: "Men o‘yindan mamnunman, ammo biz hozircha faqatgina yo‘lning yarmidamiz"


"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola PSJga qarshi o‘yindan so‘ng (2:1) o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Biz o‘yinni yaxshi boshladik, ammo gol o‘tkazib yuborgandan so‘ng bosim his qildik. Ko‘pchilik uchun bu YECHLdagi birinchi yarim final edi va yigitlar imkon qadar yaxshi o‘ynashni istashdi.

Birinchi bo‘limning so‘nggi 10 daqiqasi yomon o‘tmadi. Tanaffusdan keyin esa biz "porladik". Safarda ikkita to‘p kiritdik. 6 kundan so‘ng qiyin o‘yin bizni kutmoqda.

Mbappe, Neymar va Di Mariya kabi futbolchilarga qarshi o‘ynash qiyin. Biz ikkita gol urdik va yana bu ishni qila olamiz. Men o‘yindan mamnunman, ammo biz hozircha faqatgina yo‘lning yarmidamiz. Bizni yana 90 daqiqa kutmoqda. PSJ yaxshi jamoa va ularga qarshi o‘yinda har narsa bo‘lishi mumkin
", - dedi Gvardiola.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gvardiola: "Men o‘yindan mamnunman, ammo biz hozircha faqatgina yo‘lning yarmidamiz"