
Rossiya chempionati 28-turidan o‘rin olgan “Zenit” – “Lokomotiv” bahsida mezbonlar 6:1 hisobida g‘alabaga erishdi va mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.
Jamoa musobaqa tugashiga 2 tur qolganida bunga erishdi. “Zenit” hisobida 61 ochko bor, eng yaqin ta’qibchi “Loko”da esa 52 ochko mavjud.
Peterburgliklar 8-marotaba mazkur titulga ega chiqdi – 1984, 2007, 2010, 2011/12, 2014/15, 2018/19, 2019/20, 2020/21.
Ma’lumot o‘rnida, "Zenit" YECHL 2021/22 yilgi mavsumini guruh bosqichidan boshlaydi.
"Zenit" – "Lokomotiv" 6:1 (3:0, 3:1)
Gollar: 1:0 – 19 Dzyuba, 2:0 – 39 Azmun, 3:0 – 45, penalti Azmun, 4:0 – 46 Azmun, 5:0 – 51 Dzyuba, 5:1 – 56 Kamano, 6:1 – 67 Malkom.
"Zenit" – Lunev, Duglas Santos, Rakitskiy (Krugovoy, 71), Chistyakov, Karavayev, Barrios, Vendel (Driussi, 13), Kuzyayev (Mostovoy, 81), Malkom (Sutormin, 80), Dzyuba, Azmun (Ozdoyev, 70).
"Lokomotiv" – Gilerme, Ribus, Pablo, Chorluka (Lissov, 83), Ribchinskiy, Muxin (Ignatev, 46), Barinov, Jemaletdinov (Miranchuk, 58), Krixovyak, Kamano (Lisakovich, 58), Smolov (Ze Luish, 65).
Ogohlantirishlar:Krixovyak (22), Barrios (36), Muxin (38), Pablo (45), Miranchuk (61), Kuzyayev (69), Ribchinskiy (87).
TURNIR JADVALI

Rossiya ChempionatiZenit LokomotivPeterburgliklarMusobaqa TugashiGollar HisobiYECHL Mavsum O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar