O‘zbekiston Superligasi 7-turidan o‘rin olgan "Mash’al" - "Lokomotiv" uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. Unda mehmonlar 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
"Temiryo‘lchilar" Abduxoliqovning penaltidan kiritgan goli bilan hisobni ochdi. Oradan 10 daqiqa o‘tib, Qobilov hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi. Raqib himoyachisining xatosidan keyin Temurxo‘ja dublni rasmiylashtirdi. 83-daqiqada Maxaradze aniq zarbasi bilan jamoasining yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi. Muborakliklar yetakchisi Murtazoyev 86-daqiqada oradagi farqni qisqartirdi.
Shu tariqa, safarda g‘alaba qozongan "Loko" ochkolari sonini 11 taga yetkazib olgan holda, onlayn turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. O‘z uyida imkoniyatni boy bergan "Mash’al" 11-pog‘onani band etib turibdi.
MASH’AL – LOKOMOTIV 1:4
Gol: 11 - Temurxo‘ja Abduxoliqov 0:1, 21 - Islom Qobilov 0:2, 64 - Temurxo‘ja Abduxoliqov 0:3, 83 -Kaxi Maxaradze 0:4, 86 - Humoyun Murtozayev 1:4
"Mash’al": 12.Shohruh Eshbo‘tayev, 2.Zafarbek Akramov, 7.Ifeani Ifeani, 10.Humoyun Murtozayev, 11.Samuel Chigozi (9.Doniyor Usmonov, 65), 13.Shahzod Shaymanov, 17.Jamoliddin Ubaydullayev, 18.Abbos Shodmonov (19.Sardor Abduraimov, 20), 22.Sirojiddin Qo‘ziyev (15.Muhammadali Aliqulov,65), 23.Samandar Shukurullayev, 27.Muhammadali Yuldashev (4.Shahzodbek Hamidov,65).
Zaxira: 1.Botir Nosirov, 8.Ibe Mishel Okoro, 20.Xudoyorxon Sagdullayev, 21.Ukeme Uilyams, 99.Jahongir Abdusalomov.
"Lokomotiv": 35.Javohir Ilyosov, 3.Islom Qobilov (20.Jaloliddin Jumaboyev,67), 4.Dilshod Komilov, 7.Sadriddin Abdullayev, 8.Javohir Sidiqov(18.Ibrohim G‘anixonov, 79), 11.Temurxo‘ja Abduxoliqov, 21.G‘ulom Haydar G‘ulomov (14.Azizbek Amonov, 37), 27.Islom Rashidxonov(9.Javohir Alijonov, 79), 28.Shuhrat Muhammadiyev, 37.Sherzod Fayziyev, 77.Diyor Turopov(5.Kaxi Maxaradze,67).
Zaxira: 1.Abdumavlon Abdujalilov, 22.Diyego Bardanka, 54.Igor Chikrizov, 80.Farruh Ibrohimov.
Ogohlantirish: Islom Rashidxonov (17), Samandar Shukurullayev (33), Xumoyun Murtazoyev (39). “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi