Bilasiz, iyun oyida JCH-2022 hamda OK-2023 qo‘shma saralash bahslari doirasida bo‘lib o‘tadigan Saudiya Arabistonidagi markazlashgan turnir startiga oz fursat qolmoqda. Singapur, Yaman va Saudiya Arabistoni terma jamoalariga qarshi o‘yinlarda Milliy jamoamiz keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.
O‘FA terma jamoalar bo‘limi va bosh murabbiy Vadim Abramov ushbu o‘yinlarga tayyorgarlik rejasini tuzib chiqishdi. Ushbu rejalar haqida terma jamoalar bo‘limi boshlig‘i Azizbek Haydarov O‘FA rasmiy YouTube kanaliga bergan intervyusida xabar berdi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘inni 21 may kunidan boshlab Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Chimyon tog‘ yonbag‘irlarida o‘tkazadi. Safar oldidan sanitariya-epidemiologiya qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda mashg‘ulotlar yopiq tarzda o‘tkaziladi.
28 may sanasida MTJ delegatsiyasi BAAga jo‘nab ketadi va 29 may kuni Dubay shahrida Avstraliya milliy terma jamoasi bilan nazorat o‘yinini o‘tkazadi.
Shunday so‘ng, Milliy jamoamiz Saudiya Arabistoniga yo‘l oladi va 7 iyun kuni o‘tadigan Singapur terma jamoasiga qarshi dastlabki uchrashuvga tayyorgarlik ko‘radi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi