12:30 / 08.05.2021
2 060

Tamom! "Real" rahbariyati Azar masalasini hal qildi


"Real" tez orada belgiyalik yarim himoyachi Eden Azardan qutulmoqchi. Bu haqda El Chiringuito TV xabar bermoqda.

"Chelsi"ga qarshi bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi yarim final javob o‘yinida mag‘lub bo‘lgandan keyin yulduz futbolchining xatti-harakatlaridan “qirollik klubi” rahbariyatining hafsalasi pir bo‘lgan. Gap shundaki, mag‘lubiyatga qaramay Azar juda yaxshi kayfiyatda edi, u "aristokratlar" futbolchilari Eduard Mendi va Kurt Zumani quchoqlab, ular bilan birga tabassum qilib turdi.

Xabar qilinishicha, aynan mana shu holatdan so‘ng “Real” rahbariyatining toqati toq bo‘lgan va ular 30 yoshli belgiyalik futbolchini transferga qo‘yishga qaror qilgan.

Ma’lumot uchun, 30 yoshli Azar 2012-2019 yillarda “Chelsi” sharafini himoya qilgan. “Real” uni 2019 yilning yozida 100 mln yevroga sotib olgan. Eden Azar joriy mavsum madridliklar safida 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol yozdirib qo‘ydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tamom! "Real" rahbariyati Azar masalasini hal qildi