09:00 / 11.05.2021
2 302

Masharipov "Al-Nassr"ga qaytadimi?


BAAning "Shabab Al-Ahli" jamoasi safida ijara asosida harakat qilayotgan Jaloliddin Masharipov "Al-Nassr"ga qaytishi kutilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Saudiya klubi legionerimizni avstraliyalik darvozabon Bred Jons o‘rniga OCHL pley-off bosqichi uchun ro‘yxatdan o‘tkazadi.

Dubayliklar Masharipovni  6 oyga ijaraga olgan edi. Yarim himoyachi "Shabab Al-Ahli" safida 11ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan va 4ta golga assistentlik qilgan.

BAA chempionati yana 1 turdan so‘ng yakuniga yetadi. Shuningdek, Jaloliddin jamoasi Fors ko‘rfazi kubogining final bosqichida "Al-Nasr" bilan o‘ynaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Masharipov "Al-Nassr"ga qaytadimi?