15:46 / 11.05.2021
2 490

Mourino “Roma”ni superklubga aylantiradigan futbolchilarni tanladi


“Tottenxem”dan haydalgan Joze Mourinoga “Roma” klubi rahbariyati jamoani ishonib topshirmoqda. Portugaliyalik mutaxassis ishni tarkibni qayta shakllantirishdan boshlaydigan bo‘ldi. U har bitta pozitsiyaga yangi o‘yinchilarni olib kelishga qaror qildi.

Xususan, Joze Mourino o‘z qo‘l ostida “Manchester Yunayted”dan David de Xea, Xuan Mata va Nemanya Matich, “Udineze”dan Xuan Musso, “Olimpiakos”dan Joze Sa, “Vulverxempton”dan Ruy Patrisiu va Nelson Semedu, “Tottenxem”dan Erik Dayer va Per-Emil Xeyberg, “Manchester Siti”dan Katan Ake,  “Lill”dan Renatu Sanshesh, “Aston Villa”dan Anvar Al-G‘oziy, “Real”dan Isko va transfer huquqi “Benfika”ga tegishli bo‘lgan Karlos Vinisiusni jamlamoqchi.

Bu futbolchilarning ayrimlari turli jamoalarda Mourino ustozligida to‘p surganini ta’kidlash lozim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourino “Roma”ni superklubga aylantiradigan futbolchilarni tanladi