16:50 / 16.05.2021
2 238

"Xo‘jand" bosh murabbiyi Rustam Xodjayev: "Nasaf"ning kuchli va kuchsiz tomonlari haqida hozir gapira olmayman"


OFK kubogi 2-turidan o‘rin olgan "Xo‘jand" - "Nasaf" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida Tojikiston klubi bosh murabbiyi Rustam Xodjayev va futbolchi Dilshod Bozorov ishtirok etdi.

"O‘yindan oldin nima deyish mumkin? Ertangi raqibimiz "Nasaf" - "tajribali jangchi"lardan biri. O‘zbekiston chempionati Markaziy Osiyoda yetakchilardan biri. Shu bois raqib juda yaxshi tayyorlangan, raqib o‘z vazifalariga ega, ammo biz ham o‘z maqsadlarimizga egamiz. Ertaga ijobiy natija qayd etishga harakat qilamiz.

Hozir o‘ylashimcha futbolda hech qanday sirlar yo‘q. Raqiblar bir-birini o‘rganadi. Bizda hech qanday sir yo‘q. O‘yinlarga tayyorgarlik jarayonida raqiblarni o‘rgandik. To‘g‘ri "Nasaf" birinchi turda 4:0 hisobida g‘alaba qozondi, ammo bu hech narsani anglatmaydi. Ertaga o‘z o‘yinimizni namoyish etishimiz kerak, natija aynan ertangi bahsdagi harakatlarga qarab bo‘ladi.

Ko‘pchilik 1-turda 9 kishiga qarshi o‘ynadinglar demoqda. Ammo ikkinchi qizil kartochka 84-daqiqada ko‘rsatildi, futbolchi maydonni tark etguncha 89-daqiqa bo‘ldi. Biz zarba berdik va 90-daqiqa bo‘ldi. Hakam qo‘shimcha daqiqalar qo‘shib berdi va raqib 5 daqiqa davomida 9 kishi bo‘lib o‘ynadi xolos. Birinchi taymdagi qizil kartochkadan keyin raqib ikki karra kuch bilan o‘ynadi. Biz birinchi taymning o‘zida ikkita gol ura oldik va oldinga chiqib oldik. Taym oxiridagi gol barchasini barbod qildi.

Ikkinchi taymga "Oltin Asr" o‘z rejasi bilan tushdi va natijaga erishdi. Biz hujumga o‘tdik, ammo bor kuchimiz bilan oldinga o‘tsak raqib qarshi hujumda bizni jazolashi mumkin edi. Bu so‘nggi, hal qiluvchi bahs emasdi. Yuta olmaganimiz albatta bizning aybimiz. Ammo hozircha bu hech narsani anglatmaydi.

Birinchi taymda biz ikkita gol urdik, agar himoyada yaxshi o‘ynasangiz ikkita gol g‘alaba uchun yetarli bo‘ladi. Biz futbolchilarning holatini o‘rganamiz, tarkib borasida hech nima deya olmayman. O‘yingacha bir sutka vaqt bor. Kim bahsga ko‘proq tayyor bo‘lsa o‘sha maydonga tushadi.

Ilk turda hujumkor o‘ynadinglar deyishmoqda. Raqib bunga imkon berdi va shunday o‘ynadik. Raqibga qarab o‘ynaymiz. "Oltin Asr" jamoasining 70-80 foizi Turkmaniston milliy terma jamoasi a’zolari hisoblanadi. Bizdan faqat bir futbolchi Tojikiston terma jamoasiga chaqiriladi. Raqib holatini o‘rgangandik, butun o‘yin davomida hujum qilishni rejalashtirmagandik. Ertangi bahsga ham raqibdan kelib chiqib o‘yin namoyish etamiz. "Nasaf" bilan o‘yinda qanday taktikada o‘ynashimizni ertaga bilib olasizlar.

"Nasaf"ning kuchli va kuchsiz tomonlari haqida hozir gapira olmayman. Buni ertaga ko‘rasizlar. To‘g‘ri raqibning o‘z o‘yin uslubi bor, jamoa yaxshi va qizikarli o‘yin namoyish etadi. Ularga qarshi qanday o‘ynashimizni ertaga ko‘rasizlar", - deydi Rustam Xodjayev.

"Ertangi bahsdagi vazifamiz - maydonga tushish va g‘alaba qozonish. Bizda boshqa yo‘l yo‘q, sababi birinchi turda durang o‘ynadik. Shu bois ertaga bor kuchimiz bilan o‘ynashimiz va g‘alaba qozonishimiz shart", - deydi Dilshod Bozorov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Xo‘jand" bosh murabbiyi Rustam Xodjayev: "Nasaf"ning kuchli va kuchsiz tomonlari haqida hozir gapira olmayman"