23:54 / 16.05.2021
2 927

Darvozabon ham gol urdi: Alissoning 90+5-daqiqadagi goli «Liverpul»ga g‘alaba keltirdi


Futbol bo‘yicha Angliya Premer Ligasining 36-turidan o‘rin olgan bahsda «Liverpul» 16 may, yakshanba kuni «Vest Bromvich»ga qarshi bahs yuritdi.

Uchrashuvning 15-daqiqasida Hel Robson-Kanu mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 33-daqiqaga kelib, Muhammad Saloh muvozanatni tiklashga erishdi. 90+5-daqiqada esa «Liverpul» darvozaboni Alisson burchakdan oshirilgan to‘pni boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi va jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Ushbu g‘alabadan keyin Mersisayd klubining ochkolari 63 taga yetdi, jamoa musobaqa jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarildi. «Vest Bromvich» (26) esa 19-o‘rinda bormoqda.

«Vest Bromvich» – «Liverpul» 1:2
Gollar:
1:0 – 15 Robson-Kanu, 1:1 – 33 Saloh, 1:2 – 90 Alisson.
«Vest Bromvich»: Jonston, Bartli, Taunsend, Ajayi, Ferlong, Diangana (Meytlend-Naylz, 73), Yokushlu (Livermor, 75), Gallaxer, Fillips, Mateus Pereyra, Robson-Kanu (Grant, 82).
«Liverpul»: Alisson, Robertson, Aleksander-Arnold, Uilyams (Veynaldum, 84), Fillips, Jons (Shakiri, 59), Fabino, Saloh, Tiago Alkantara, Mane, Firmino.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Darvozabon ham gol urdi: Alissoning 90+5-daqiqadagi goli «Liverpul»ga g‘alaba keltirdi