21:13 / 21.05.2021
2 708

"Jenoa" bosh murabbiyi "Kalyari"ga qarshi so‘nggi tur bahsi oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi


Italiya A Seriyasining 38-turida Eldor Shomurodov to‘p tepayotgan "Jenoa" klubi "Kalyari" bilan to‘qnash keladi. Ushbu qarama-qarshilik oldidan genuyaliklar bosh murabbiyi Javide Ballardini quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

"Men "Kalyari"ga qarshi bellashuvimiz oldidan yaxshi kayfiyatdamiz va o‘zimizga ishonch bilan harakat qilamiz. Mavsumni yaxshi taassurotlar bilan yakunlashimiz mumkin.

Yil anchagina og‘ir keldi va uni bir so‘z bilan ta’riflash mushkul. Jamoa mavsum mobaynida turli muammolar bilan kurashishga majbur bo‘ldi. Bular esa futbolchilarning jamoaviy o‘yiniga yordam berdi, xolos.

"Kalyari" - kuchli futbolchilar va ajoyib tarkibga ega katta jamoa, ayniqsa, so‘nggi turlarda buni isbotlab kelmoqda. Bu kabi tarkib bilan ular turnir jadvalining 8-10-o‘rinlarida yurishi ham mumkin edi", - dedi Ballardini.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Jenoa" bosh murabbiyi "Kalyari"ga qarshi so‘nggi tur bahsi oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi