17:36 / 30.05.2021
2 200

"Chelsi" Tuxelga yangi shartnoma taklif qiladi


Insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, «Chelsi» bosh murabbiy Tomas Tuxel bilan amaldagi shartnomani uzaytiradi.
Manbaning xabariga ko‘ra, nemis mutaxassisi London klubi bilan 2023 yil iyungacha shartnoma imzolaydi. Shartnomada kelishuvni yana bir mavsumga uzaytirish bandi ham ko‘rsatilgan.

Qayd etilishicha, Tuxel yaqin kunlarda «Chelsi» rahbarlari bilan uchrashib, hujjatlarni imzolaydi. Murabbiy va klub rahbariyati allaqachon yozgi transferlar masalasini muhokama qilishni boshlab yuborgan.

Eslatib o‘tamiz, Tuxelning "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan.
Tuxel “Chelsi”ni 2021 yilning yanvaridan buyon boshqarib kelmoqda. Uning boshqaruvidagi jamoa joriy mavsum UYEFA Chempionlar ligasida g‘alaba qozondi va APLni 4-o‘rinda yakunladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Chelsi" Tuxelga yangi shartnoma taklif qiladi