
Boks bo‘yicha Osiyo chempionatining +91 kg vazn toifasi final jangida eng kuchli bokschilar Bahodir Jalolov va qo‘shni Qozog‘iston vakili Qamshibek Konkabayev o‘zaro jang olib bordi. Shu vaqtga qadar o‘zaro hisob 3:3 edi. Bugun Jalolov yana bir bor raqibini mag‘lub etdi va 3-bor Osiyo chempionati oltin medaliga sazovor bo‘ldi.
Shu tariqa O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 6 oltin, 1 kumush, 3 bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Qizlarimiz esa 1 oltin, 5 kumush, 2 bronza bilan umumiy hisobda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar