
Mavsumni A Seriya musobaqa jadvalining o‘rtasida yakunlagan “Jenoa” rahbariyati “Marsel”dan olib kelingan niderlandiyalik yarim himoyachi Kevin Strotmanga to‘rt yillik yangi bitim taklif qilib, uni jamoa safida olib qolmoqchi.
Ma’lumotlarga qaraganda, ayni paytda tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar hal qiluvchi pallaga kirgan. Genuyaliklar 31 yoshli futbolchining maoshini ikki karra oshirishni taklif qilyapti.
Mavsum yarmidan Eldor Shomurodovning jamoadoshiga aylangan niderlandiyalik yarim himoyachi A Seriyada 18 ta uchrashuv o‘tkazib, to‘rtta golli pas oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov yakunlangan mavsumda A Seriyada sakkizta golga mualliflik qilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar