18:53 / 04.06.2021
2 594

Javohir Sidiqov: "Shomurodovning "Jenoa"ga yo‘l olishida "Rostov" tramplin bo‘ldi"


Kecha saytimiz mehmoni bo‘lgan Javohir Sidiqov bir qator mavzularda fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Xususan Eldor Shomurodovning hozirgi darajasiga chiqishida nima muhim rol o‘ynadi, degan savolga Sidiqov quyidagicha javob berdi.

"Ko‘z tegmasin Eldor hozirda yaxshi o‘ynamoqda. U uchun xursandman. Eldor hammasidan ham ko‘ngli ochiq inson. Yoshligidan intilishi va iqtidori bor edi. Chunki oilada futbol muhitida katta bo‘lganligi unga katta turtki bo‘ldi, deya olaman.

Keyin o‘zining mehnati bilan shu darajaga chiqdi. Rossiya chempionatida "Rostov" safida dastlab zaxirada qoldi. Lekin o‘ziga ishonchi ortib tavakkalga qo‘l urdi va kuchli beshlik chempionatiga yo‘l oldi, deb o‘ylayman. "Rostov" esa tramplin vazifasini bajarib berdi", - deydi Sidiqov.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Javohir Sidiqov: "Shomurodovning "Jenoa"ga yo‘l olishida "Rostov" tramplin bo‘ldi"