08:48 / 08.06.2021
2 377

Abramov yirik hisobdagi g‘alabadan keyin matbuot anjumanida ishtirok etdi


Jahon Chempionati 2-saralash bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston hamda Singapur terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z yakuniga yetdi. Unda futbolchilarimiz 5:0 hisobida zafar quchdi.

O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida milliy jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov bahs haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"Birinchi navbatda yigitlarni tabriklagan bo‘lardim, sababi bunday qiyin sharoitda katta hajmdagi ishni bajarishdi. Albatta, hisob xursand qiladi, ammo bunday o‘yin uchun ko‘plab sariq kartochkalar va jarohatlangan o‘yinchilar ham bor. Maydon biroz qattiqroq, bu nima bilan bog‘liq ekanligini bilmayman, ammo o‘yinchilar oyoqlarini shikastlab olishdi, afsus.

O‘yin borasida ham e’tirozlar bor. Umid qilamanki, bu ilk o‘yindagi jayajon bilan bog‘liq holat. Ertaga tizzasidan jarohat olgan o‘yinchilarning holati aniq bo‘ladi. O‘yinda majburiy o‘zgarishlar bo‘ldi va rejaga biroz putur yetdi, ayrim o‘yinchilarga dam bermoqchi edik, ammo ular oxiriga qadar o‘ynashga majbur bo‘lishdi
", - deydi Abramov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abramov yirik hisobdagi g‘alabadan keyin matbuot anjumanida ishtirok etdi