13:44 / 09.06.2021
11 144

Abror Pirriyev: "Singapur bilan o‘yinda 4 nafar futbolchimiz jarohat oldi"


O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasidagi Yaman bilan bahsga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Singapurga qarshi kechgan bahsdan keyin terma jamoa shifokori O‘FA matbuot xizmatiga intervyu berdi.

"Singapur bilan o‘yinda gollar bilan birga jarohatlar ham ko‘p bo‘ldi.

Hojimat Erkinov hech qanday kontaktsiz o‘zi jarohat oldi. Bu o‘rinda maydon issiqligi tufayli, chimning qurib qolgani, oyoq sirpanmasligi bois tizza sohasidan jarohat olib maydonni tark etdi. Birinchi qo‘shimcha tekshiruvlar birinchi o‘ylaganimizdek jarohat jiddiy emasligini ko‘rsatdi. Ammo hali instrumental tekshiruvlar javobini olmaganimiz bois bu haqda so‘nggi xulosani berishga biroz vaqtli.

Shuningdek birinchi taymda Husniddin Aliqulov ham tizzasidan jarohat olib maydonni tark etdi. Uning jarohati jiddiy emas. Katta ehtimol bilan Husniddin Yaman bilan bahsni o‘tkazib yuboradi, Saudiya Arabistoni bilan o‘yinga esa tayyor bo‘ladi.

Singapur bilan bahsda Odil Ahmedov, Islom Qobilovda ham yengil jarohat olishgani ma’lum bo‘ldi. Davo muolajalari qilinib, kerakli chora tadbirlar o‘tkazilganidan keyin o‘yinga yaqin qolganida ularning maydonga tushish yoki tushmasliklari ma’lum bo‘ladi.

Tarkibimizda jarohat olgan futbolchilarning o‘rnini bosa oladigan o‘yinchilar yetarli. Shunday ekan navbatdagi bahslarda yaxshi natija ko‘rsatish uchun bizda hech qanday to‘siq yo‘q deb o‘ylayman", - deydi Abror Pirriyev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abror Pirriyev: "Singapur bilan o‘yinda 4 nafar futbolchimiz jarohat oldi"