22:08 / 15.06.2021
2 404

Saudiya Arabistoni bilan o‘yindan oldin Azamat Abduraimov: "Ko‘p narsa murabbiylar shtabiga bog‘liq"


Saudiya Arabistoni hamda O‘zbekiston uchrashuvidan oldidan hammaning fikri turlicha. Biz esa ekspert fikri rukni orqali Saudiya Arabistoni bilan o‘yindan oldin terma jamoamizning imkoniyatlari haqida tajribali mutaxassis, "Yangiyer" jamoasi bosh murabbiyi Azamat Abduraimovning mulohazalarini tingladik.

Ko‘p narsa murabbiylar shtabiga bog‘liq
"Ijobiy natijaga umid qilyapman. Bizning yigitlar Saudiya Arabistonini yengishga qodir, bunga shubham yo‘q. Terma jamoamizda Odil Ahmedov, Jaloliddin Masharipov, Eldor Shomurodov singari yetakchilarimiz bor. Men bu yigitlarga ishonaman. Biroq ko‘p narsa murabbiylar shtabiga bog‘liq. Ular o‘yinga qanday taktik reja tanlashadi, himoyada o‘yinni qanday yo‘lga qo‘yishadi shu va boshqa omillar. Sir emaski, Saudiya Arabistoni o‘z maydonida juda yaxshi to‘p tepadi. Ular istagan jamoani yuta olishlari mumkin. Men ushbu mamlakatda o‘ynaganman, nimalarga qodirligidan xabarim bor. Raqib murabbiyi hujumda o‘yinni yaxshi qura oladi", - deydi Azamat Abduraimov.

Bunday o‘yinlarga ruhiy tayyorgarlik muhim
"Albatta, bunday o‘yinlarga ruhiy tayyorgarlik muhim. Raqib Singapur yoki Filippin emas. Maydonda mahoratni yuz foiz ishga solish kerak. O‘ylaymanki, futbolchilarimiz butun o‘zbek futboli uchun borlarini berishadi. Ularga barcha muxlislik qilayotganini unutishmasligi darkor. Agarda yigitlarning ko‘zi yonsa, har bir to‘p uchun kurashsa biz kerakli natijaga erisha olamiz. Borinki, maydonda o‘zlarini o‘ylasa, jamoa emas, yulduzlar to‘p tepsa mag‘lubiyatga uchrashimiz hech gap emas. Abramov va uning jamoasida vaqt yetarlicha bo‘ldi. Ular futbolchilarning yuragiga yetib boradigan kerakli so‘zlarini topishlari lozim. Boshqacha yo‘l bilan biz saudiyaliklarni yuta olmaymiz. Maydonda hamma bor kuchini tashlashi zarur.", - deydi Azamat Abduraimov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Saudiya Arabistoni bilan o‘yindan oldin Azamat Abduraimov: "Ko‘p narsa murabbiylar shtabiga bog‘liq"