Superliga debyutanti – “Turon” klubida navbatdagi bosh murabbiy o‘zgarishi yuz berdi. Sports.uz ma’lumotiga qaraganda, bir necha daqiqa oldin bugun klubda yig‘ilish o‘tkazilgan bo‘lib, unga ko‘ra, Igor Anatolevich Shkvirin “Turon” jamoasi bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi.
Bunga qadar ushbu mutaxassis AGMK klubida seleksioner murabbiy sifatida ishlab kelayotgandi. Endi bor e’tiborini “Turon” klubiga qaratadi.
Bilasiz, avvaliga Islom Ismoilov bosh murabbiy sifatida ishladi va 8-turdan keyin iste’foga chiqdi. So‘ngra, uning o‘rnini polshalik Boguslav Baniak vaqtincha egalladi. Lekin jamoa mag‘lubiyatlar girdobidan chiqib keta olmadi. Ma’lum bo‘lishicha, Baniak klubda yana oldingidek tahlilchi murabbiy sifatida ishini davom ettiradi.
“Turon” ortda qolgan 10 ta uchrashuvda 3 ta durang va 7 ta mag‘lubiyat qayd etib oxirgi o‘rinda boryapti.
Ertaga “Turon” klubi Superliganing 11-tur doirasida o‘z maydonida “Mash’al”ni qabul qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi