Yevro-2020da sensatsiya. Fransiya turnirni tark etdi

Yevro-2020da sensatsiya. Fransiya turnirni tark etdi
Foto: UEFAcom
Yevropa chempionatining nimchorak finalida Fransiya penaltilar seriyasida Shveytsariyaga yutqazib, musobaqani tark etdi. Mbappening penaltilar seriyasidagi xatosi qimmatga tushdi.

Uchrashuvning asosiy vaqtida Shveytsariya so‘nggi daqiqalarda kambek qilishga muvaffaq bo‘ldi va penaltilar seriyasida g‘alabani ilib ketdi.

Yevro-2020. 1/8 final
Fransiya — Shveytsariya 3:3 (penaltilar seriyasi — 4:5.)
Gollar:
Benzema (57, 59), Pogba (75) — Seferovich (15, 81), Gavranovich (90). 
Amalga oshirilmagan penalti: Rodriges (55).

Fransiya – Loris, Varan, Kimpembe, Langle (Koman 46, Tyuram 111), Pavar, Pogba, Kante, Rabo, Benzema (Jiru, 94), Mbappe, Grizmann (Sissoko, 88). 
Shveytsariya – Zommer, Elvedi, Akanji, Rodriges (Mehmedi, 87), Vidmer (Mbabu, 73), Suber (Fassnaxt, 79), Froyler, Jaka, Shakiri (Gavranovich, 73), Embolo (Vargas, 80), Seferovich (Sher, 97).
Ogohlantirishlar: Varan (30), Elvedi (32), Rodriges (62), Jaka (76), Koman (88), Pavar (91), Akanji (108).

Penaltilar seriyasi: Gavranovich (0:1), Pogba (1:1), Sher (1:2), Jiru (2:2), Akanji (2:3), Tyuram (3:3), Vargas (3:4), Kimpembe (4:4), Mehmedi (4:5), Mbappe (4:5, darvozabon).

Shveytsariya chorak finalda Ispaniya bilan bahs olib boradi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar