
«Paxtakor» Turkiya yig‘inini g‘alaba bilan yakunladi. Ukraina chempionati vakili — Luganskning "Zarya" klubiga qarshi kechgan uchrashuvda "sherlar" 3:0 hisobida zafar quchishdi.
Har ikki jamoaning keskin hujumlari ostida kechgan bahsning birinchi bo‘limida Maxaradze va Sergeev raqib darvozasini ishg‘ol qilishdi. Tanaffusdan keyin raqib ustunroq harakat qilgan bo‘lsa-da, jamoamiz Alimovning aniq zarbasi evaziga hisobni yiriklashtirdi. Yirik hisobda g‘alaba qozongan "Paxtakor" Turkiya yig‘inini yakunladi.
Toshkentga qaytib kelgach, jamoa 24 fevral kuni Chempionlar ligasining 1-tur bellashuviga tayyorgarlik ko‘rishda davom etadi. Raqib nomi bugun Tehronda bo‘lib o‘tadigan "Naft" va "Al Jaish" o‘rtasidagi o‘yindan keyin ma’lum bo‘ladi.
Manba: www.std.uz
PaxtakorTurkiya Yig‘iniUkraina ChempionatiZarya KlubiChempionlar LigasiToshkentga Qaytish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar