“Yevro-2020” yarim final bosqichidan o‘rin olgan Italiya hamda Ispaniya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.
60-daqiqada Federiko Keza hisobni ochdi. 80-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Alvaro Morata muvozanatni tikladi. Bellashuvning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida boshqa gol kiritilmadi va g‘olibni aniqlash uchun penaltilar seriyasi murojaat etildi.
“Futbol lotereyasi”da esa omad italiyaliklarga kulib borqdi - 4:2. "Moviya gvardiya"dan Lokatellining zarbasini Simon qaytargan bo‘lsa, "qizil furiya" tarkibida Olmo (noaniq) va Morata (darvozabon) penaltini golga aylantira olmadi.
Shu tariqa, Italiya o‘z tarixida to‘rtinchi marta Yevropa chempionati finaliga chiqdi. Roberto Manchini shogirdlarining finaldagi raqibi esa Angliya - Daniya uchrashuvidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
Italiya – Ispaniya 1:1
Gol: 60 -Keza (1:0), 80 -Morata, (1:1). Penaltilar seriyasi: 4-2
Italiya: Donnarumma, Di Lorenso, Bonuchchi, Kellini, Emerson, Barella, Jorjino, Verratti, Keza, Immobile, Insine.
Ispaniya: Unay Simon, Aspilikueta, Erik Garsiya, Laport, Jordi Alba, Koke, Buskets, Pedri, Ferran Torres, Oyarsabal, Dani Olmo. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vazirini qabul qildi
1 dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lov faqat elektron shaklda amalga oshiriladi
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi