19:14 / 11.07.2021
10 443

Eldor Shomurodov Jarqo‘rg‘ondagi uyini ko‘rsatdi va «Jenoa» madhiyasini ijro etdi (video)


Kollaj: «Daryo» / Kadr: YouTube
O‘zbekiston terma jamoasi va «Jenoa» klubi Eldor Shomurodov rossiyalik sobiq futbolchi Yevgeniy Savinning «Krasava» kanali mehmoni bo‘ldi. Savin o‘zbekistonlik futbolchi bilan suhbat uyushtirish uchun Jarqo‘rg‘onga keldi.

Shomurodov rossiyalik blogerni o‘z uyiga taklif qildi. Eldor futbolchilik faoliyatida qo‘lga kiritgan individual sovrinlari jamlanmasini namoyish qildi. Shuningdek, hujumchi boshqa futbolchilar libosini yig‘ishni boshlaganini aytdi.

«Yaqindan boshlab liboslar yig‘ishni boshladim, kolleksiya qilish keraklarini juda kech tushunib yetdim. Menda Ivan Perishich, Alvaro Morata, Aleksey Miranchuk kabi futbolchilarning liboslari bor. Yana Ruslan Malinovskidan ham olganman. Yana kimlarning futbolkasini xohlardim? Faoliyatini yakunlash arafasida turganlarni: Ronaldu, Ibrahimovich...», — deydi Shomurodov.

«Bu mavsumda yana-da yaxshi harakat qilish uchun xarakter va jismoniy holatimni yaxshilashim kerak. Menimcha, shu ikkisi menga ko‘proq yetishmaydi. Har doim o‘sishni va qayergacha bora olishimni ko‘rishni xohlaganman. O‘ylashimcha, o‘zim istagan ko‘p narsaga erishdim.

O‘zimni yana ko‘rsatgan holda, erishgan yutuqlarimdan rohat olishni istayman. Keyingi maqsadim — top-klubda o‘ynash», — deya qo‘shimcha qildi futbolchi.

Shomurodov 2020/21 yilgi mavsum boshida «Rostov»dan 7,5 million yevro evaziga «Jenoa»ga o‘tgan. O‘zbekistonlik hujumchi ortda qolgan mavsumda A Seriyada 31 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov Jarqo‘rg‘ondagi uyini ko‘rsatdi va «Jenoa» madhiyasini ijro etdi (video)