Toshkent shahri mezbonlik qilgan Osiyo chempionlar ligasi «H» va «I» guruhi uchrashuvlari o‘z yakuniga yetdi. «Bunyodkor» va «Lokomotiv» stadionlarida o‘tkazilgan bellashuvlarda Sharq mintaqasidan tashrif buyurgan 8 jamoa o‘zaro bahs olib bordi.
OFK Bosh kotibi Dato Vindsor Jon O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga rasmiy xat yo‘llab, mazkur OCHL uchrashuvlari yuqori saviyada tashkil etilganligi uchun OFK nomidan minnatdorchilik bildirdi.
«O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasini Osiyo chempionlar ligasi bahslarini muvaffaqiyatli tashkil etganligi bilan samimiy muborakbod etamiz.
Shubhasiz, ushbu muvaffaqiyat zamirida O‘FAning pandemiya sharoitiga qaramay, yuqori darajadagi tashkilotchilikni ta’minlashdagi fidoyiligi, tirishqoqligi va tinimsiz harakatlari turibdi.
OFK delegatsiyasi va ishtirok etuvchi klublarga ko‘rsatgan ajoyib mehmondo‘stlik hamda musobaqa davomida barchaning sog‘lig‘i va xavfsizligini ta’minlash va himoya qilish uchun qilingan barcha tadbirlar uchun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga minnatdorchilik bildiramiz. Barchangizga tashakkur!
Osiyo futbol konfederatsiyasi kelgusida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan o‘zaro hamkorlikni davom ettirishdan mamnun», - deyiladi OFK bosh kotibining rasmiy xatida.
O‘z navbatida, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Osiyo chempionlar ligasi bahslari va boshqa qit’a musobaqalari mezbonligini O‘zbekistonga ishonib topshirganligi uchun Osiyo futbol konfederatsiyaga minnatdorchilik izhor etib, hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga tayyor ekanligini bildiradi.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston 2022 yilgi U23 Osiyo kubogi, 2023 yilgi U20 Osiyo kubogi hamda ayollar o‘rtasidagi U20 Osiyo kubogi-2024 bellashuvlariga mezbonlik qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi