19:30 / 13.07.2021
2 705

Florentino Peres: Iker Kasilyas va Raul Gonsales "Real" tarixidagi eng katta firibgarlar!


"El Confidencial" gazetasi "Real" prezidenti Florentino Peresning 2006 yilda bo‘lib o‘tgan saylovlarda aytgan so‘zlarini e’lon qildi. "Qirollik klubi" rahbari jamoaning ikki afsonasi Iker Kasilyas hamda Raul Gonsales uning ketishining asosiy sababchilari, deya hisoblamoqda.

- "Kasilyas "Real" darvozaboni sifatida afsona emas! Nima deyishimni xohlaysiz? U hech qachon bunday bo‘lmagan. Iker bizning eng katta muvaffaqiyatsizligimiz. Siz nima bo‘layotganini bilasizmi? Hamma Kasilyasni yaxshi ko‘radi, muxlislik qiladi. Odamlar uni nega himoya qilishini bilmayman.

Eng katta firibgarlardan yana bir Raul. Iker Kasilyas va Raul Gonsales "Real" tarixidagi eng katta firibgarlar", - deya Peres so‘zlarini keltiradi ispan nashri. "El Confidencial" bu borada Florentinoga murojaat qildi, ammo Peres izoh berishdan bosh tortdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Florentino Peres: Iker Kasilyas va Raul Gonsales "Real" tarixidagi eng katta firibgarlar!