
Professional boksning birinchi yarim yengil vazn toifasida (-55,3 kg) WBA va IBF kamarlari egasi hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyev (9-0, 7KO) o‘zining navbatdagi jangida WBA yo‘nalishida majburiy da’vogar amerikalik Ronni Riosga (33-3, 16KO) qarshi ringga ko‘tariladi.
Matchroom kompaniyasi rahbari Eddi Xirn IFL TVga ma’lum qilishicha, Ahmadaliyev va Rios o‘rtasidagi jang 28 avgust kuni Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, mazkur kardda birinchi o‘ta yengil vazn toifasida (-48,9 kg) WBO chempioni Elvin Soto (19-1, 13KO) WBA kamari egadi Hiroto Kyuguchiga (15-0, 10KO) qarshi birlashtirivchi jangda ishtirok etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar