Foto: «Roma» rasmiy sayti
Italiyaning «Roma» klubi o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovni o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qildi.
Rim klubi Eldor Shomurodovni «Jenoa»dan 17,5 million yevro evaziga xarid qildi. U «Roma» bilan 2026 yil 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchi yangi klubi safida 14-raqamda harakat qiladi.
Avvalroq Rim klubi Shomurodovni sotib olish majburiyati bilan ijaraga olishi, bitim qiymati 17,5 million yevroni tashkil qilishi xabar berilgandi. Shuningdek, 2,5 million miqdoridagi ehtimoliy bonuslar ham nazarda tutilishi aytilgandi. Bundan tashqari «Jenoa» futbolchining keyingi transferidan 10% ulushga ega bo‘lishi ta’kdilangandi.
Italiyalik insayder Janluka di Marsio tomonlarning 2 avgust dushanba kuni shartnoma imzolashini ma’lum qilgandi.
Qayd etish joiz, 2020 yilning yanvar oyida Eldorga Turinning «Yuventus»idan ham qiziqish bo‘lgan.
Shomurodov 2020/21 yilgi mavsum boshida «Rostov»dan 7,5 million yevro evaziga «Jenoa»ga o‘tgandi. Bungacha u «Mash’al» va «Bunyodkor» klublarida to‘p surgan. Eldor ortda qolgan mavsumda A Seriyada 31 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi...
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?