
Foto: Getty Images
+91 kg vazn toifasida harakat qilgan Jalolov final bahsida amerikalik Richard Torresni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va musobaqaning oltin medaliga ega chiqdi.
O‘zbekistonlik bokschi yarim finalda Buyuk Britaniya vakili Freyzer Klarkk ustidan g‘alaba qozongandi. Richard Torres esa 1/2 finalda qozog‘istonlik Kamshibek Kunkabayevni taslim etgandi.
Shu tariqa o‘zbekistonlik sportchilarning Tokio Olimpiadasidagi ishtiroki yakunlandi. O‘zbekiston vakillari musobaqada umumiy hisobda 5 ta medalni qo‘lga kiritdi. Bungacha Ulug‘bek Rashidov (taekvondo) va Akbar Jo‘rayev (og‘ir atletika) oltin, Davlat Bobonov (dzyudo) esa bronza medaliga ega chiqqandi.
Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov 1994 yilning 8 iyulida Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida tug‘ilgan. Bahodir uch karra Osiyo va bir karra Jahon chempioni hisoblanadi. U 2016 yilda Rioda bo‘lib o‘tgan Olimpiadada chorak finalga qadar yetib borgandi. Shuningdek, Bahodir professional boksda ham faoliyat olib boradi. Hozirgacha u 8 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar