Italiyaning mashhur Gazzetta dello Sport nashri Eldor Shomurodovga bag‘ishlangan maqola tayyorladi.
Italiyaliklar yozgi transfer oynasida "Jenoa"dan "Roma"ga ko‘chib o‘tgan hujumchi Eldor Shomurodovning iqtidoriga yuqori baho berishmoqda. "Bo‘rilar"ning ilk uchrashuvlarida o‘zbekistonlik forvard o‘zining to‘purarlik salohiyatini namoyish qila oldi.
Gazzetta dello Sport nashrining jurnalistlari 26 yoshli futbolchiga bag‘ishlangan material e’lon qilishdi. Maqola "Shomurodov — o‘zbek Messisi" sarlavhasi ostida chop etildi.
Eldor rimliklar tarkibida bitta rasmiy va ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Hujumchi ushbu uchrashuvlarda jami uchta gol urdi. Eslatib o‘tamiz, uning "Roma" bilan shartnomasi 2026 yilning iyun oyigacha amal qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi