19:27 / 22.08.2021
3 406

O‘FA e’tibor qaratishi kerak bo‘lgan muhim jihat va bu borada Xayrulla Hamidov va Alisher Nikimbayevning nima deydi?

O‘FA e’tibor qaratishi kerak bo‘lgan muhim jihat va bu borada Xayrulla Hamidov va Alisher Nikimbayevning nima deydi?
Bir necha kun avval O‘FA O‘zbekiston milliy terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlash bo‘yicha bir qarorga kelgani borasida xabar berdi. Unga ko‘ra sloveniyalik murabbiy Srechko Katanes nomzodi ma’qul ko‘rilgan.

Tomonlar og‘zaki kelishuvga erishgan. Srechko Katanes muzokaralarning yakuniy bosqichini o‘tkazish uchun yurtimizga tashrif buyurdi. Endi u O‘FA vakillari bilan kelishib olishi kerak bo‘ladi. Hozirgi kunda u futbolimiz va unga yaratilgan sharoitlarni o‘rganmoqda...

Shu o‘rinda bir jihatga e’tibor berilishi lozim. Ektor Kuper terma jamoa ustoziga aylangan payt uning shtabida o‘zbekistonlik mutaxassis yo‘q edi. Nega unday bo‘lgani bizga qorong‘u. Balki Kuper murabbiylar shtabiga boshqa odamni aralashtirgisi kelmagandir yoki biznikilar bu haqda taklif bilan chiqmagan. Nima bo‘lganda ham bu bizning zararimizga ishladi. Nima uchun? Chunki chet ellik murabbiyda qay darajada bo‘lmasin tajriba bor. Qaysidir jihatini o‘zlashtirishimiz mumkin. Bu biz uchun maktab vazifasini o‘tab beradi. Biroq Kuper paytida ushbu ishni qilmadik, tayyor tajribani qo‘ldan chiqardik.

O‘FA vakillari Srechko Katanech bilan kelishuvga erishsa, aynan shu jihatga e’tibor berishi darkor. Chunki mahalliy murabbiy chet ellik mutaxassisdan o‘rganadiganlari bo‘ladi. Misol uchun, Ro‘ziqul Berdiyev paytida “Nasaf”ni boshqargan Anatoliy Demyanenkoga yordamchi bo‘lgan, Mirjalol Qosimov “Bunyodkor”ni “gullagan” payti Luis Felipe Skolariga yordamchi bo‘lgan. Yakundachi? Yakunda ular hozirgi kunda eng tajribali va kuchli murabbiylardan hisoblanadi.

Kimni murabbiylar shtabiga qo‘ygan ma’qul?
Yurtimizda faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar bor. Biroq ularning hammasida ham daraja qoniqarli emas. Timur Kapadze va Ulug‘bek Baqoyev boshqalardan ajralib turibdi. Shuning uchun ikkisidan birini milliy jamoa murabbiylar shtabiga kiritgan o‘rinli.

Nega aynan ular? Boisi, Kapadze “Olimpik” jamoasini qo‘lga olgan. U shu jamoani Olimpiada sari yetaklashi ko‘zda tutilgan. Yuqorida aytganlarimiz Kapadze uchun ayni muddao bo‘ladi. Sababi shu paytgacha Olimpiadaga chiqishni uddalay olmaganmiz. Katanetsning yonida yurib, bilimlarini oshirish imkoni mavjud. Orttirgan tajribasini “Olimpik” jamoasida qo‘llashi mumkin.

Ulug‘bek Baqoyev iste’dodli murabbiylardan biri. Uning murabbiylik faoliyati ko‘pchilikni o‘ziga qaratmoqda. Shuning uchun Baqoyev nomzodi ham chakki emas.

Bu borada mutaxassislar fikri qanday?
Qatar futbolida faoliyat yuritayotgan Alisher Nikimbayev xorijlik murabbiy kelganda uning shtabida, albatta, mahalliy mutaxassis bo‘lishi kerakligiga e’tibor qaratdi.
- Chet ellik murabbiy yurtimizga kelsa, uning talablari va faoliyatini o‘rganishi lozim. Kim kelsa ham. Chunki o‘sha murabbiyning ishini ichidan bilish muhim.

Kimni qo‘shish kerak? Menimcha, Timur Kapadzeni murabbiylar shtabiga kiritgan ma’qul. U Olimpiya jamoasini boshqarmoqda va shu sababdan Kapadze milliy terma jamoa murabbiylar shtabida bo‘lishi kerak, deb o‘ylayman. Ikki terma jamoa bitta uslubda o‘ynashi kerakligini inobatga olib, shunday yo‘l tutgan yaxshi.

Shuningdek, Ulug‘bek Baqoyevni ham bu o‘ringa tavsiya qilgan bo‘lardim. Uning faoliyatiga e’tibor qaratsak, Baqoyev doim muammolari bor klublarda ishlamoqda, ya’ni yetakchi jamoalarda emas. Uning ishini kattaroq klubda ko‘rmoqchiman. Agar Toshkent jamoalarida ishlasa, o‘zining boshqa tomonlarini ham namoyish etar. Shu bois Baqoyev xorijlik murabbiylar shtabiga kirish uchun nomzodlardan biri bo‘lishi shart
, - dedi Nikimbayev.

SPORTS.uz saytining yutubdagi sahifasida tashkil etilgan ko‘rsatuvda taniqli sharhlovchi Xayrulla Hamidov ham bu borada o‘z fikrlarini bayon etdi.
- Ravshan Haydarov bu o‘rin uchun yaxshi nomzod. Chunki u yillar davomida shunday lavozimda ishlagan. Mahalliy murabbiylarda ham, o‘zidan keyin chiqqan mutaxassislar paytida ham yordamchisi bo‘lib faoliyat yuritgan.

Ravshan Haydarov yordamchilik qilgan kezlari bu ishni qilishda og‘rinmagan. Bu xarakter bilan bog‘liq. Haydarov bosh murabbiylikni ko‘p o‘ylamagani e’tibori bilan to‘g‘riroq, adekvatroq maslahat bera oladi. Boshqalarda sal qizg‘anishroq bo‘lishi mumkin, bizni o‘rnimizga keldi deb. Bular Ravshan Haydarovda bo‘lmasligi aniq
, - dedi Xayrulla Hamidov.

Bekzod ISAYEV

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘FA e’tibor qaratishi kerak bo‘lgan muhim jihat va bu borada Xayrulla Hamidov va Alisher Nikimbayevning nima deydi?