19:25 / 24.08.2021
2 221

Mourino: Ronaldu yadroviy qurol, “Yuve” uni ishlatishni bilmaydi xolos!

Mourino: Ronaldu yadroviy qurol, “Yuve” uni ishlatishni bilmaydi xolos!
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourinodan sobiq shogirdi Krishtianu Ronalduning “Yuventus”dagi o‘yiniga baho berishni so‘rashdi.
Portugaliyalik mutaxassisning javobi qisqa va lo‘nda bo‘ldi.

- “Yuventus” o‘zi ishlatishni bilmaydigan yadroviy qurol sotib olgan, - dedi Joze Mourino.

Krishtianu Ronaldu 2010-2013 yillar davomida “Real”da Joze Mourino qo‘l ostida to‘p surgan. Turin superklubi madridliklarning asosiy to‘purarini aynan Chempionlar ligasida g‘olib chiqish uchun katta summaga transfer qilgandi.

Ronaldu kelganidan buyon “Yuventus” Yevropaning eng nufuzli musobaqasida chorak finaldan nariga o‘tolgani yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourino: Ronaldu yadroviy qurol, “Yuve” uni ishlatishni bilmaydi xolos!