Foto: O‘FA
Sloveniyalik mutaxassis Srechko Katanes O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati ma’lum qildi.
Katanes bilan 2025 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolangan. Katanes bilan birga murabbiylar shtabida yana besh nafar xorijlik mutaxassis ish olib boradi.
Katanes ushbu lavozimda O‘zbekistonni 2022 yilgi Jahon chempionatining 3-saralash bosqichiga olib chiqa olmagan Vadim Abramovning o‘rnini egallaydi.
Ma’lumot uchun, Katanes faoliyati mobaynida Sloveniya, BAA, Makedoniya, Iroq terma jamoalari va «Olimpiakos» klubini boshqargan. Uning so‘nggi ish joyi Iroq terma jamoasi bo‘ldi, uning iroqliklar bilan hamkorlikni to‘xtatishiga maoshlarining to‘lanmagani sabab bo‘ldi. Katanetsning murabbiy sifatidagi eng yaxshi natijasi Sloveniya terma jamoasini 2000 yilgi Yevropa chempionati va 2000 yilgi Jahon Chempionatiga olib chiqqani bo‘lgan.
Qayd etish o‘rinli, Srechko O‘zbekiston terma jamoasini boshqaradigan birinchi xorijlik murabbiy emas. Bungacha Ubirajara da Silva (Braziliya), Hans-Yurgen Gyode (Germaniya), Robert Hafton (Angliya), Valeriy Nepomnyashchiy (Rossiya), Ektor Kuper (Argentina) kabi bir qator xorijlik mutaxassislar milliy jamoaga ustozlik qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda