Rasman: Srechko Katanets — O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi

Rasman: Srechko Katanets — O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi
Foto: O‘FA
Sloveniyalik mutaxassis Srechko Katanets O‘zbekiston milliy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati ma’lum qildi.

Katanets bilan 2025 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolangan. Katanets bilan birga murabbiylar shtabida yana besh nafar xorijlik mutaxassis ish olib boradi.

Katanets ushbu lavozimda O‘zbekistonni 2022 yilgi Jahon chempionatining 3-saralash bosqichiga olib chiqa olmagan Vadim Abramovning o‘rnini egallaydi.

Ma’lumot uchun, Katanets faoliyati mobaynida Sloveniya, BAA, Makedoniya, Iroq terma jamoalari va «Olimpiakos» klubini boshqargan. Uning so‘nggi ish joyi Iroq terma jamoasi bo‘ldi, uning iroqliklar bilan hamkorlikni to‘xtatishiga maoshlarining to‘lanmagani sabab bo‘ldi. Katanetsning murabbiy sifatidagi eng yaxshi natijasi Sloveniya terma jamoasini 2000 yilgi Yevropa chempionati va 2000 yilgi Jahon Chempionatiga olib chiqqani bo‘lgan.

Qayd etish o‘rinli, Srechko O‘zbekiston terma jamoasini boshqaradigan birinchi xorijlik murabbiy emas. Bungacha Ubirajara da Silva (Braziliya), Hans-Yurgen Gyode (Germaniya), Robert Hafton (Angliya), Valeriy Nepomnyashchiy (Rossiya), Ektor Kuper (Argentina) kabi bir qator xorijlik mutaxassislar milliy jamoaga ustozlik qilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar