19:00 / 28.08.2021
2 643

Diyor Imomxo‘jayev Srechko Katanes ishtirokidagi matbuot anjumanida e’tibor qaratish kerak bo‘lgan uch jihat haqida

Diyor Imomxo‘jayev Srechko Katanes ishtirokidagi matbuot anjumanida e’tibor qaratish kerak bo‘lgan uch jihat haqida
Srechko Katanes bilan matbuot anjumanidan avval O‘FA prezidenti murabbiylar shtabi bilan ko‘rishdi. Diyor Imomxo‘jayev telegramdagi sahifasida tahminan 1,5 soat davom etgan suhbat davomida uch jihatga e’tibor qaratish mumkinligi haqida yozdi.

- Birinchidan, O‘FA prezidentining qarashlari va terma jamoaga bo‘lgan talablari Katanetsniki bilan juda o‘xshash bo‘lib chiqdi va tabiiyki, bundan murabbiylar shtabining ko‘ngli karrasiga ko‘tarildi. Ya’ni, shtab rahbariyat va o‘z prinsiplari o‘rtasida muallaq qolib ketmaydi, balki bunda mushtaraklik bo‘ladi.

Ikkinchidan, milliy terma fonida O‘FA prezidenti olimpiya terma jamoasi masalasini ham eslatdi. Sir emaski, mamlakatning birinchi raqamli shaxsi Olimpiada o‘yinlarida jamoaviy sport turlari masalasini jiddiy tanqid ostiga olgandi. Shundan kelib chiqilsa, O‘zbekiston Parij-2024 uchun jiddiy harakat qiladi. Katanes esa bu borada olimpiya va milliy terma o‘rtasidagi ko‘prik masalasida ikkinchi raqamli terma jamoa uchun doimo ochiq ekanini ma’lum qildi. Ya’ni, u faoliyati davomida o‘zidan keyingi terma jamoalar ishiga aralashmasa-da, aslida ular bilan doim muloqotga tayyor bo‘ladi.

Uchinchidan, milliy terma va klublar o‘rtasidagi munosabat masalasi. Yevropalik mutaxassis buni asosiy planga olib chiqayapti va tabiiyki, bu borada u klublar ichki ishlariga aralasha olmasligini qayd etyapti, shunchaki klublar bilan do‘stona munosabatlarga kirisha olishiga umid bildiryapti. Bizda esa so‘nggi ikki mahalliy murabbiy aynan shu masalani suiste’mol qilgani barchaga ma’lum.

Ya’ni, milliy terma murabbiyi klublarning xo‘jayini emas (!) va buni Katanes Kuper singari yaxshi tushunadi. Biroq katta muvaffaqiyatlar yo‘lida o‘zaro hamjihatlik va solidarnost muhim ahamiyat kasb etadi. Murabbiyning bu qarashlarini PFL ham qo‘llab-quvvatlaydi. Aynan shu jihatdan ham termani Yevropa futboli havosidan xabardor murabbiy boshqargani afzal. Ular nozik chegara va pardani ongliroq his qila oladi.

Sub’ektiv fikrimcha, Katanetsning bizga qarshi so‘nggi ikki o‘yinidagi g‘alabasi fonida u doimo o‘zbekistonlik futbolchilar texnik tomondan o‘z shogirdlaridan kuchliroq ekanligini his qilgan va faqatgina taktik taraflama chiqargan qarorlari evaziga bizni mag‘lub eta olgan.

Endi unda texnik tomondan kuchli o‘sha futbolchilar mavjud, faqatgina yanada kuchliroq taktik qarashlar bilan Katanes futbolchilarimizni Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Eron, Saudiya, Qatar kabi muqarrar raqiblarga qarshi puxta tayyorlay olishi kerak. Ishonamizki, u buning uddasidan chiqa oladi. Bu borada sloveniyalik murabbiyga omad tilagan holda, unga qo‘limizdan kelganicha yordam berishga harakat qilamiz, - dedi Diyor Imomxo‘jayev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Diyor Imomxo‘jayev Srechko Katanes ishtirokidagi matbuot anjumanida e’tibor qaratish kerak bo‘lgan uch jihat haqida