“Nasaf” klubining serbiyalik legioneri Marko Stanoyevich ushbu mavsumda ham o‘z o‘yinlari va gollari bilan muxlislarning mehrini qozonyapti.
Biroq ko‘rinib turibdiki, jamoaning natijalari barqaror ko‘rinish olishi oson kechmayapti. Ayniqsa, chempionatdagi bir qator o‘yinlarda “Nasaf” omadsizlikka uchramoqda. Stanoyevich Sports.uz saytiga buning sabablarini quyidagicha izohladi:
- Oxirgi paytlardagi mag‘lubiyatlarimizga faqat jamoa aybdor. Lekin bizda o‘yinchilarimiz u qadar ko‘p emas. Shunday bo‘lsa-da, uchta frontda kurash olib boryapmiz. O‘zbekiston chempionati, O‘zbekiston Kubogi va OFK Kubogida o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarimiz bor.
Albatta, har bir uchrashuvda chiroyli o‘yin ko‘rsatish va g‘alaba qozonish ishtiyoqimiz bor. Lekin oxirgi paytlarda buning uddasidan chiqa olmayapmiz, - dedi Stanoyevich.
Shuningdek, ushbu futbolchi borasida ham turli gap-so‘zlar yo‘q emas. Ya’ni, muxlislar Markoni O‘zbekiston milliy terma jamoasiga foydasi tegishi mumkinligi haqida fikr bildirmoqdalar. Rostdan shunday gap-so‘z bormi? “Nasaf” legioneri nima deydi?
- Buning qanchalik haqiqatga yaqin ekanligini bilmayman, chunki yoshim 33 da. Lekin O‘zbekiston terma jamoasi uchun bajonidil o‘ynagan bo‘lardim.
Yangi bosh murabbiy etib tayinlangan Srechko Katanes yaxshi mutaxassis. O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida ko‘plab yuqori saviyali futbolchilar bor. Agar hammasi ko‘ngildagidek kechsa, terma jamoa yaxshi natijalarga erishadi, bunga ishonaman, - deya fikr bildirdi, Marko. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi