1 979
Yaxshiboyevni Chempionlar ligasi guruh bosqichida “Shaxtyor”, “Real” va “Inter”ga qarshi o‘yinlar kutmoqda!
O‘tgan yil oxirida “Shaxtyor-Soligorsk”dan ketib, Polshaning “Legiya” jamoasiga o‘tganidan keyin qariyb sakkiz oy davomida muxlislar ko‘z o‘ngidan g‘oyib bo‘lgan Jasurbek Yaxshiboyev yana futbol ixlosmandlari va mutaxassislar diqqatini o‘ziga jalb qila boshladi.
Iste’dodli hujumkor futbolchimiz yaqinda Moldovaning “Sherif” jamoasiga o‘tganidan xabaringiz bor. To‘g‘risi, bungacha Moldova chempionati biz uchun hech qanday ahamiyat kasb etmagan. Yaqin o‘tmishda bu mamlakat futbolida hamyurtimiz Vladimir Shishelov “Zimbru” tarkibida chempionat to‘purari bo‘lgani esimizda xolos.
Jasurning omadini qarangki, garchi Moldova chempionati saviyasi Yevropa ligalarida eng zaiflaridan bo‘lsa-da, “Sherif” jamoasi bilan Yevropaning eng nufuzli musobaqasi – Chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etish imkoniga ega bo‘ldi.
Guruhdagi raqiblar ham chakki emas – “Shaxtyor”, “Real” va “Inter”!
“Sherif” bosh murabbiyi Yuriy Vernidub Jasur Yaxshiboyevni Belarus chempionatidagi o‘yinlari orqali juda yaxshi biladi. U “ko‘hna qit’a”ning eng nufuzli turniri oldidan o‘zbek hujumchisini jamoa o‘yinini sezilarli darajada kuchaytiradigan asosiy “qurollardan” biri sifatida olib keldi.
Jasur ham murabbiy ishonchini darrov oqladi. “Sherif” tarkibidagi ilk uchrashuvida bittadan gol va assist bilan sovrinli o‘rinlar uchun kurashda asosiy raqobatchilardan hisoblangan “Petrokub” ustidan 2:0 hisobidagi g‘alabani ta’minladi.
Demak, Yaxshiboyev hozir ham yaxshi formada va har qanday jangga tayyor.
“Sherif” o‘z tarixida ilk bor Chempionlar ligasining guruh bosqichiga chiqdi. Yuriy Vernidub shogirdlari saralash bahslarida ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra, “Teuta”ni (Albaniya) 5:0, “Alashkert”ni (Armaniston) 4:1, “Srvena Zvezda”ni (Serbiya) 2:1, “Dinamo Zagreb”ni (Xorvatiya) 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, grand klublarga qarshi o‘ynash imkonini qo‘lga kiritdi.
Yevropa futbolini tahlil qilayotgan mutaxassislar bu galgi musobaqaning eng zaif jamoasi sifatida “Sherif”ni ko‘rsatmoqda. Tiraspolliklarning birinchi turdagi raqibi – “Shaxtyor Donetsk” Yevrokuboklarda katta tajriba to‘plagan jamoa hisoblanadi.
Donetskliklar Chempionlar ligasining guruh bosqichi yo‘lida ikkita kuchli raqibni musobaqadan chiqarib yubordi. Ular Belgiyaning “Genk” jamoasini ikkala uchrashuvda ham bir xil – 2:1 hisobida taslim qildi. Keyingi bosqichda Fransiyaning “Monako”si musobaqadan chiqarib yuborildi – 1:0, 2:2.
“Sherif” va “Shaxter” klublari mustaqillik yillarida faqat bir marta – 2003 yilda o‘zaro to‘qnash kelgan. O‘shanda ukrainaliklar o‘z maydonida 2:0 hisobida zafar quchgan. Tiraspoldagi bahsda darvozalar daxlsizligi saqlanib qolgan.
Har ikki jamoa bosh murabbiylari nufuzli turnirga tayyor ekanini ta’kidlamoqda.
- Men va men bilan ishlayotgan murabbiylar “Shaxtyor”ga qarshi qanday o‘yin ko‘rsatishni yaxshi bilamiz. Buni 15 sentabr kuni bo‘ladigan ilk uchrashuvda ko‘rasizlar. Har bir jamoaning kuchli va zaif tomonlari bor. Eng muhimi, vaziyatlardan unumli foydalanish. Biz guruhdagi har bir jamoaning “qonini ichish”ga harakat qilamiz. Guruhda “Real”, “Inter” va “Shaxtyor” favorit. Oltita o‘yin bor. Biz shu uchrashuvlarda Chempionlar ligasida o‘ynashga loyiq ekanimizni ko‘rsatishimiz kerak, - dedi “Sherif” bosh murabbiyi Yuriy Vernidub.
- Vernidub yaxshi murabbiy. Lekin har doim ham hamma narsa murabbiyga bog‘liq bo‘lavermaydi. Ko‘p narsani futbolchilar hal qiladi. “Sherif”da yaxshi saviyadagi va tezkor futbolchilar bor. Bu jamoa Chempionlar ligasining guruh bosqichiga chiqa olgan ekan, biz ularni hurmat qilishimiz kerak. Birinchi uchrashuv juda muhim va unga tayyormiz. Guruhda “Inter” va “Real” qog‘ozda bizdan kuchli. Lekin biz har qanday jamoaga yutqazishimiz mumkin bo‘lganday, ularni ham yuta olamiz, - dedi “Shaxtyor” bosh murabbiyi Roberto De Zerbi.
“Sherif” – “Shaxtyor” uchrashuvi 15 sentabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:45 da boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi